Ter Shtegen: "Hammasi normal ketayotgandi..."

  • 28 oktabr, 2023, 21:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 11-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Bellashuvdan so‘ng kataloniyaliklar posboni Mark Andre Ter Shtegen o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Omadsizlik. Biz yaxshi start oldik va hammasi normal ketayotgandi. "Real"dek jamoalarga qarshi o‘yinda gol urish uchun ko‘p imkoniyatlar kerak emas. Ular bugun shuni isbotladi.

Raqib futbolchilariga baho bermoqchi emasman. Ammo Jud Bellingem ikki gol urdi va "Real" uchun o‘yinni o‘zgartirib berdi", - dedi germaniyalik darvozabon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!