TerDU klubi Pro ligadan chetlashtirildi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi TerDU klubini Pro liga musobaqasidan chetlashtirishga qaror qildi.
Avvalroq jamoa ketma-ket ikkita rasmiy uchrashuvda ishtirok etmagani sababli klubni musobaqadan chetlashtirish masalasi Ijroiya qo‘mitasi muhokamasiga kiritilgan edi.
17 oktyabr kuni qo‘mita a’zolarining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yetti nafar a’zo TerDUni reglamentga muvofiq musobaqadan chetlashtirishni qo‘llab-quvvatladi. Yana bir a’zo esa klubga mavsum yakuniga qadar rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyatini berishni taklif qildi.
Yig‘ilishda TerDUning futbolchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlari ham muhokama qilindi. Avvalroq qarzdorlik sababli klubga transfer taqiqi qo‘yilgan edi.
Qo‘mita a’zolari jamoaning keyingi uchrashuvlarda ishtirok etishi futbolchilar oldidagi qarzdorlikni bartaraf etish uchun yetarli asos bo‘la olmasligini ta’kidladi. Shuningdek, klub uy uchrashuvlarini Termizda o‘tkazish imkoniyatiga ega emasligi, chiptalar savdosi va qo‘shimcha homiylikdan tushum olish imkoniyatlari cheklangani qayd etildi.
Yakunda Ijroiya qo‘mitasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan TerDUni Pro-ligadan chetlashtirish haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston U-19 chempionatida mavsum yakuniga bir tur qolgani va TerDU U-19 jamoasining dastlabki to‘rtlikka kirish imkoniyati yo‘qligi inobatga olinib, 21 oktyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Xorazm U-19» — «TerDU U-19» uchrashuvi ham bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, TerDU klubi Liga oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajargan taqdirda, kelasi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazish imkoniyatiga ega

Fikrlar