Tergovchilar Ronalduni tekshirmoqda

  • 1 dekabr, 2021, 13:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moliyaviy mojaro bo‘yicha “Yuventus”ni tekshirayotgan tergovchilar Krishtianu Ronalduning Turindagi faoliyati va uning klub bilan shartnomasini ham singchkovlik bilan o‘rgana boshladi.

Tecno

Bu haqda Italiyaning mashhur La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Tergovchilarning qo‘liga Ronalduning telefondagi suhbatlari yozuvi kelib tushdi. Unda muntazam tarzda pandemiya davrida portugaliyalik yulduzga to‘langan pullar haqida gapirilgan. O‘sha pallada “Yuventus”ning qolgan futbolchilari maoshining pasaytirilishiga va kechiktirilishiga rozi bo‘lgan. Biroq, Krishtianu 31 million evro miqdoridagi yillik maoshini o‘zgarishsiz olavergan.

Ayni paytda “Yuventus” prezidenti Andrea Anelli, vitse-prezidenti Pavel Nedvel, sobiq sport direktori Fabio Paratichi va boshqa bir necha funktsionerlar noqonuniy daromad orttirish bo‘yicha gumonlanib, ular ustidan tekshiruv olib borilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!