Tez orada e’lon qilinadigan transferlar!

  • 19 avgust, 2023, 19:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlar oynasi yopilishiga ham kam vaqt qoldi. Klublar ham buni sezgan holda, aktivlikni oshirmoqda. Ayni damga kelib, bir qancha transferlar amalga oshish ehtimoli yuqori bo‘lib turibdi. Misol uchun, "Lans" yangi hujumchi sotib olishga yaqin, Zieshning va nihoyat keyingi manzili aniq, "Nyukasl" "Chelsi"dan futbolchi olmoqchi, rossiyalik futbolchi La Ligaga yo‘l olgan, Adams APLga qaytmoqchi va hokazo.

Tecno

Ele Vai - "Lans"

"Monpele" tarkibida o‘tgan mavsum 19 ta gol urgan hujumchining bu yozda xaridorlari ko‘paydi. Futbolchiga bir qator top klublardan qiziqishlar bo‘lgan. Ammo Vai uchun "Ayntraxt" hammadan ko‘p xarakat qildi. Shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvda muammo yo‘q edi, lekin Germaniya klubi taklif qilgan 20 million evroga frantsuzlar rozi bo‘lmadi. Shundan so‘ng kurashga "Lans" qo‘shildi va 35 million evrolik taklif bilan chiqdi. Bu esa "Monpele"ga ma’qul kelib, hujumchini qo‘yib yubordi. Vai yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. "Lans" Lois Openda ketganidan keyin yangi strayker izlayotgandi. Ular orasida Chempionship to‘purari Chuba Akpom ham bor edi. Angliyalik hujumchi esa "Ayaks"ga o‘tdi. 

Image

Tayler Adams - "Bornmut"

"Lids" Premer-ligadan Chempionshipga tushib ketganidan keyin futbolchilariga yaxshi taklif kelsa, ularni qo‘yib yubormoqda. Shunday o‘yinchilar orasida amerikalik yarim himoyachi Tayler Adams ham bor. U "Chelsi"ga o‘tishga juda yaqin kelgandi. Tomonlar kelishuvga erishib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi ham ma’lum edi. Ammo Kaysedo va Laviya transferlari sabab "aristokratlar" Adamsdan voz kechdi. Taylerga shundan so‘ng ayrim klublardan qiziqishlar bo‘lgan. Ular orasida "Bornmut" chaqqonlik qilib, yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash arafasida. Bu transferdan "Lids" 20 million funt ishlab oladi. 

Image

Lyus Xoll - "Nyukasl"

Ushbu yozda aql bilan transferlar oynasida ishlayotgan "Nyukasl" o‘z tarkibiga "Chelsi"dan yosh, potensiali yuqori futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin. Xoll faoliyatini yarim himoyachi sifatida boshlagan. Ammo o‘tgan mavsum londonliklarga chap qanot himoyachi kerak bo‘lib qolgan payt ushbu pozitsiyada harakat qildi. Undan Xou qanday foydalanishi hozircha noma’lum. Lyusni "Nyukasl" 35 million funtga sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga oladi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘ldi, tez orada transfer e’lon qilinishi kutilmoqda.

Image

Arsen Zaxaryan - "Real Sosedad"

"Dinamo Moskva"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Zaxaryan faoliyatini top-5 chempionatlarda davom ettirishni istadi va La Liga klubida to‘p tepadigan bo‘ldi. "Chelsi" ushbu futbolchiga ham og‘iz solib ko‘rdi. Ammo "aristokratlar" boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni tanladi. Arsenga esa "Real Sosedad"dan jiddiy taklif keldi va futbolchi klubga rozilik berdi. Zaxaryan san-sebastiyanliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Transsfer 13 million evro evaziga amalga oshmoqda. 

Image

Hakim Ziesh - "Galatasaroy"

Eng omadsiz futbolchilardan biri bo‘lib turgan Ziesh va nihoyat o‘ziga yangi klub topdi. Uning keyingi manzili Turkiya bo‘ladi. Avvalroq, yarim himoyachi "Chelsi" bilan ushbu yozda erkin agent sifatida jamoani tark etish bo‘yicha kelishib olgandi. Futbolchi "An-Nasr"ga o‘tishga yaqin keldi. Ammo uning tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani sabab, bu transfer barbod bo‘ldi. Qishda esa PSJ bilan shunga o‘xshasha holat bo‘lgandi. Ziesh ayni paytda Istanbulga etib kelgan. Tez orada u klub bilan necha yillik shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, bu safar hech qanday muammo bo‘lmaydi. "Sherlar" Nikola Zanoloni "Aston Villa"ga ketgani sabab Hakimni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qilgan.

Image

Suhrob Xolbekov

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!