Tim Tszyu ringga qachon qaytadi?

  • 7 aprel, 13:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Birinchi o‘rta vaznda (69,9 kg) sobiq jahon chempioni Tim Tszyuning promouteri Jorj Rouz avstraliyalikning navbatdagi jangi haqida gapirdi.

Tecno

"Iyul oyidagi boks oqshomida ringga qaytishni rejalashtirganmiz. Raqib hali ma’lum emas. Barchasiga tez orada oydinlik kiritiladi"  - dedi Rouz matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Tim Tszyu amerikalik Jozef Spenser bilan uchrashib, to‘rtinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!