
Tokioda Olimpiada mash’alasining taqdimoti o‘tkazildi
Bugun Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 2020 yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari mash’alasining taqdimoti o‘tkazildi. Mash’ala alyuminiy metalidan tayyorlargan bo‘lib, 1,2 kilogramm og‘irlikka ega, deya xabar bermoqda MOQ.
Mash’alaning tepa qismi Yaponiya ramzlaridan biri hisoblanmish sakura gulini eslatib yuboradi. Olov uning har bir bargidan chiqadi va oxirida yaxlitlik hosil qiladi.
Mash’alaning ahamiyatli jihati shundaki, uning tarkibidagi alyuminiy 2011 yil mart oyida mamlakat shimoliy-g‘arbida ro‘y bergan tsunami va zilzila natijasida aholiga vaqtinchalik xizmat qilgan boshpanalardan olingan. Shu tariqa mash’ala dizaynerlari roppa-rosa 8 yil avval ro‘y bergan tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishmoqda.
Fikrlar