
To‘liq davom etgan jangda Madrimov Kroufardga mag‘lub bo‘ldi
AQShning Los-Anjeles shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Kechaning markaziy jangida amerikalik Terens Kroufard va o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘rta vaznda WBA kamari uchun kurashdi. To‘liq 12 raund davom etgan jangda amerikalik sportchi hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Kroufard bunga qadar 40 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va u ayni damda P4P reytingida etakchi bo‘lib turibdi. Hamyurtimiz 8 martda Saudiyada rossiyalik Magomed Qurbonovni taslim etib, WBA kamarini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar