Tomas Myuller jarohat oldi

  • 7 fevral, 2018, 15:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” ustozi Yupp Xaynkes jamoa hujumchisi Tomas Myullerning “Paderborn”ga (6:0) qarshi kechgan Germaniya kubogi bahsida belidan jarohat olganini ma’lum qildi. Futbolchi o‘rniga birinchi bo‘limning 32- daqiqasida Korenten Tolisso maydonga tushirilgan.

Tecno

Myuller belidan jarohat olgan. Yaqin kunlarda uning ahvoli haqida to‘liq ma’lumot olamiz. U butun o‘yin davomida harakat qilishi mumkin edi, biroq bor imkoniyatini ishga sola olmagan bo‘lardi, – deya Xaynkesning so‘zlarini keltiradi Goal internet-portali.

“Bavariya”dan tashqari Germaniya kubogi yarim finaliga “Verder”ni 4:2 hisobida mag‘lub qilgan “Bayer” ham yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!