Tomas Tuxel tanqidlarga munosabat bildirdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel aytilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Rostini aytsam, kechagi matbuot anjumanida shunday taassurot uygʻotdiki, goʻyoki biz guruh bosqichida birorta ham gʻalabaga erisholmay, musobaqani tark etgandekmiz. Oradan 24 soat oʻtib, soʻnggi 60 yildagi eng katta yutugʻimizga erishdik. Shuning uchun biz magʻlubiyatdan keyin ruhdan tushmaslikka, gʻalabadan keyin esa ortiqcha magʻrurlanib ketmaslikka harakat qilamiz.
Menimcha, Argentinga qarshi magʻlubiyatdan keyingi reaksiya haddan tashqari salbiy boʻldi. Lekin bu ham futbolning bir qismi. Eng toʻgʻri yoʻl – boʻlib oʻtganiga oʻranib qolmaslik, oʻzingni qoʻlga olish va navbatdagi oʻyinni yutishga intilish. Qolgan hamma narsa – faqat gap-soʻz. Gap-soʻzlar ochko ham, medal ham bermaydi. Shuning uchun buni boshdan kechirish, chidamli boʻlish, kuchli qolish va oʻzingga boʻlgan ishonchni yoʻqotmaslik kerak.Biz shunday tarzda javob qaytara olganimizdan xursandman. Ainan shunday reaksiya istagandik. Bu juda ajoyib oʻyin boʻldi», – dedi Tuxel.
Eslatib oʻtamiz, Angliya terma jamoasi Qatarda oʻtgan Jahon chempionati–2026 musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrin uchun bahsda inglizlar Frantsiya terma jamoasini gollarga boy oʻyinda magʻlub etdi – 6:4. Bundan oldin, yarim finalda Angliya Argentinga 1:2 hisobida yutqazgan edi.

Fikrlar