Toni Fergyuson: "Chempion qaytmoqda"
UFC ning engil vazn toifasidagi chempionlik kamariga birinchi raqamli da’vogar Toni Fergyuson yaqin orada navbatdagi jangini e’lon qiladi.
"Menga xabar keldi. Haqiqiy chempion qaytadi! Jang haqidagi yangiliklar tez orada ma’lum bo‘ladi",- deb yozdi amerikalik o‘z Instagram sahifasiga.
UFC prezidenti Dana Uayt Fergyuson Xabib Nurmagomedovga tegishli kamar uchun navbatdagi da’vogar bo‘lishini e’lon qilgan edi.

Fikrlar