Top-klub Brunu Fernandeshga dahshatli maosh va’da qildi

  • 18.08.2026 14:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning eng qudratli klubi «Galatasaroy» rahbariyati «Manchester Yunayted» yulduzi Brunu Fernandesh uchun juda katta maosh taklif qilishga tayyor.

The Telegraph nashri xabar berishicha, Turkiya chempioni «Manchester Yunayted»ga bonuslarini hisobga olgan holda 50 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Portugaliyalik yarim himoyachining o‘ziga esa soliqlardan keyin yiliga 21 million yevro miqdorida toza maosh berilishi ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, 4 yillik shartnoma imzolangan taqdirda, qo‘shimcha 4 million yevro miqdorida bir martalik bonus to‘lanishi aytilmoqda. 

Turkiya soliq tizimi inobatga olinsa, futbolchi Angliyadagidan deyarli ikki barobar ko‘proq daromad olishi mumkin.

Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» jamoasi o‘z sardorini sotish niyatida emas va uni klubning yaqin yillarga mo‘ljallangan rejalariда muhim figura sifatida ko‘rmoqda. Shunga qaramasdan, «Galatasaray» rahbariyati yaqin kunlar ichida 35 million yevro asosiy to‘lov va 15 million yevro bonusdan iborat rasmiy taklif yuborishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu transfer masalasi bilan shaxsan klub prezidenti Dursun Ozbek shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!