
"Tottenxem" Bundesligadan murabbiy olib keladi
"Tottenxem" bosh murabbiylik lavozimiga "Borussiya Dotmund"dan Niko Kovachni olib kelmoqchi.
"Bild" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, APLning bir nechta klublari Kovachga qiziqish bildirmoqda. "Tottenxem" allaqachon 53 yoshli mutaxassis bo‘yicha so‘rov yuborgan va uning uslubi Premer-liga uchun juda mos kelishini ta’kidlamoqda.
Ta’kidlanishicha, Kovachning o‘zi ham APLda ishlashga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, "Tottenxem" Angliya chempionatida 16-o‘rinni egallab turibdi. "Arilar" esa Bundesligada 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar