"Tottenxem" yetakchisi yozda jamoasini o'zgartirmoqchi

  • 04.02.2026 15:21
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" himoyachisi Kristian Romero yozda faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi haqida o‘ylamoqda. Bu haqida jurnalist Gaston Edul ma'lum qildi. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi joriy mavsum yakunlangach, "shporlar" safini tark etishi mumkin. 27 yoshli himoyachiga ayni vaqtda Ispaniya klublaridan qiziqish bo‘lmoqda. "Tottenxem" sardoriga nomi oshkor etilmagan yana bir chempionat vakillari da'vogarlik qilyapti.

Kristianning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Uning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 60 million evroni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, Romero 2022 yildan beri London klubi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida himoyachi 151 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!