"Tottenxem"ning sobiq yulduzi vafot etdi

  • 21.08.2026 19:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem Xotspur» klubi ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida jamoaning sobiq futbolchisi Terri Dayson 91 yoshida vafot etgani haqida xabar berdi.

«Klubimiz 91 yoshida olamdan o'tgan sobiq futbolchimiz Terri Dayson haqidagi xabarni katta qayg'u bilan qabul qildi. 

Terri 1961 yili ikki sovrinni qo'lga kiritgan jamoamizning muhim figuralaridan biri bo'lgan, Angliya Kubogi finalida gol urgan. Shuningdek, u 1963 yilda UEFA Kubok sohiblari Kubogi finalida ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etgan. 

Terri jamoa tarkibida barcha musobaqalar doirasida jami 209 o'yin o'tkazib, 55 ta gol muallifi bo'lgan. Bu juda qayg'uli damlarda Terrining oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etamiz», — deyiladi London klubi bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!