Trampning ishi bahslarga sabab bo‘ldi
Bu kuzda amerikacha futbol bo‘yicha “New York Giants” jamosi uchun yangi davr boshlanadi. Jamoaga bosh murabbiy sifatida Jon Harbou ish boshlagan va yangi mavsum oldidan kutilmalar ancha yuqori.
Biroq NFL taqvimida nisbatan sokin davr bo‘lishiga qaramay, jamoaning ikki yetakchi o‘yinchisi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar markaziga tushib qoldi.
22-may juma kuni jamoaning asosiy kvoterbeki Jeykston Dart ishtirok etgan siyosiy mitingdan videolavhalar internetda keng tarqaldi. Unda Dart sahnaga chiqib, AQSh prezidenti Donald Trampni tanishtirib bergan. Shundan so‘ng Tramp uni sahnada kutib olgan.
Oradan bir kun o‘tib, “New York Giants” yosh himoyachisi Abdul Karter mazkur videoga ijtimoiy tarmoq orqali munosabat bildirdi va jamoadoshining qaroriga shubha bilan qarayotganini anglatdi.
22-may juma kuni Dart ishtirok etgan mitingdan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin Karter ulardan birini o‘z sahifasida qayta joylashtirdi va quyidagicha izoh qoldirdi:
“Bu narsani sun’iy intellekt yordamida qilingan deb o‘ylagandim. Nima qilyapmiz o‘zi?”
Videoda 23 yoshli Dart sahnaga Survivor guruhining mashhur “Eye of the Tiger” qo‘shig‘ining instrumental versiyasi sadolari ostida taklif qilinganini aks etgan.
U nutqini “Big Blue Nation”ga murojaat qilish bilan boshladi va yig‘ilganlar bilan birgalikda “Go Big Blue” shiorini aytdi.
“Bu yerda bo‘lish men uchun katta sharaf va katta imtiyoz. Men juda minnatdorman va faxrlanaman. Amerika Qo‘shma Shtatlarining 45- va 47-prezidenti Donald Jey Trampni tanishtirib berish men uchun katta baxt”, - dedi Dart.
23-may shanba kuni Karter keyinchalik yana bir bayonot berib, u bilan Dart o‘rtasida hech qanday muammo yo‘qligini ma’lum qildi.
“Biz yaxshi munosabatdamiz. Erkaklarcha gaplashib oldik”, - deb yozdi Karter.
Shu tariqa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan holatga ikki tomon ham izoh berdi va vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilganini bildirdi.
Jeykston Dart Donald Trampni sahnaga taklif qilganidan so‘ng, AQSh prezidenti uni qo‘l berib ko‘rishish va quchoqlashish bilan qarshi oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp keyinchalik Dartni maqtab, uni kelajakdagi Shon-sharaf zali (Hall of Fame) a’zosi, deb atadi.
“U kelajakda Shon-sharaf zaliga kirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi. Unda juda katta iste’dod bor. U ajoyib yigit. Oyoqlari daraxt tanasidek baquvvat, - dedi Donald Tramp.

Fikrlar