Transfer birdan barbod bo‘ldi

  • 14.01.2025 18:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliga vakili “Leyptsig” qishki transferlar vaqtida o‘z safini “Milan” hujumchisi Noa Okafor bilan kuchaytirishga qaror qilgandi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdi va shveytsariyalik futbolchi yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Sky Germany nashrining yozishicha, ko‘rik natijalari germaniyaliklarni qoniqtirmadi. Okafor yaqinda “Milan” safidagi mashg‘ulotlarda qatnashgan bo‘lsa-da, jarohatidan to‘liq qutilmagani va “Leyptsig”ga darrov yordam bera olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Buning oqibatida Bundesliga klubi transferni rasmiylashtirishdan bosh tortdi.

24 yoshli Noa Okafor “Milan”ga 2023 yilning yozida Avstriyaning “Red Bull Zaltsburg” klubidan transfer qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!