Transfer bozorini yondirganlar – “Bayer”

  • 8 sentabr, 2023, 09:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesligada yaqqol peshqadam bitta – “Bavariya”. Myunxen superklubiga bir necha yildan beri hech qaysi jamoa tenglasha olmayapti.

“Bayer” raqobatbardoshlikni oshirish uchun bir necha transferlarga qo‘l urdi. Bosh murabbiy Xabi Alonso yangi o‘yinchilarni jamoaga singdirib yuborishi talab etiladi.

“Bayer”ga kelganlar:

Natan Tella (“Sautgempton”, 23 million evro); Viktor Bonifatsi (“Union SG”, 20 million evro); Granit Jaka (“Arsenal”, 15 million evro); Yonas Xofmann (“Borussiya Myonxenglabax”, 10 million evro); Artur (“Amerika”, 7 million ​​evro); Matey Kovar (“Manchester Yunayted”, 5 million evro); Yosip Stanishich (“Bavariya”, ijara).

“Bayer”dan ketganlar:

Mussa Diabi (“Aston Villa”, 55 million evro); Mitchel Bakker (“Atalanta”, 10 million evro); Kerem Demirbay (“Galatasaroy”, 4 million evro); Ayman Ajil ( “Borussiya Dortmund”, erkin agent); Salim Xadushi (“Kyoln”, erkin agent); Yung In Gyom (“Borussiya Myonxenglabax”, erkin agent ).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!