
Transfer bozorini yondirganlar – “Milan”
“Milan” joriy mavsumda chempionlik uchun kurashadi. Har holda klub rahbariyati yozda ana shu maqsadda transferlarga alohida e’tibor qaratdi.
A Seriyaning dastlabki uch turida milanliklar raqiblar darvozasiga sakkizta to‘p kiritdi. Bu eng yaxshi ko‘rsatkich. Yigirmata jamoa orasida faqat “Inter” sakkizta to‘p kiritishni uddalagan.
Yozda “Milan”ga kelganlar:
Kristian Pulishich (“Chelsi”, 20 millionov evro); Samuel Chukvueze (“Vilyarreal”, 20 million evro); Yunus Musa (“Valensiya”, 20 million evro); Tijani Reynders ( “Arizona”, 19 million evro); Ruben Loftus-Chik (“Chelsi”, 16 million evro); Noak Okafor (“RB Zaltsburg”, 14 million evro); Marko Pellegrino (“Platense”, 3,5 million evro); Luka Romero (“Latsio”, erkin agent); Luka Yovich (“Fiorentina”, erkin agent).
“Milan”dan ketganlar:
Sandro Tonali (“Nyukasl”, 65 million evro); Sharl De Ketelare (“Atalanta”, ijara); Aleksis Salemakers (“Bolonya”, ijara); Ante Rebich (“Beshiktosh”, ijara); Divok Origi (“Nottingem Forest”, ijara); Matteo Gabbia (“Vilyareal”).
Fikrlar