Turkiyadan xushxabar!

CHERY AUTO

Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan xalqaro tennis turnirida hamyurtimiz Sergey Fomin yakkalik bahslarida ham chempionga aylandi.

Tecno

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi yakkalik bellashuvlarining finalida ruminiyalik Gabriel Getuga qarshi kortga chiqdi va 6:7, 6:4, 6:1 hisobida raqibini taslim qildi. Natijada tennischimiz tashkilotchilar tomonidan 2160 AQSh dollari pul mukofoti va 15 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot o‘rnida: S.Fomin neytral tennischi Daniil Golubev bilan tandemda juftlik bahslarida ham bosh sovringa ega chiqqan edi.

Joriy hafta davomida Sergey Fomin aynan Antaliya shahrida davom etadigan M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Uning ilk raqibi germaniyalik Tom Gench bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!