"Turon" 2023 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazadi

  • 25.11.2022 16:59
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol

"Turon" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi Superligaga o‘tish uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Humoyun Murtozaev tezkor gol bilan hisobni ochdi. 37-daqiqada super zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol etgan Sanjar Qodirqulov muvozanatni tikladi. Sardor Abdunabiev tomonidan ikkinchi bo‘limda kiritilgan to‘p yaypanliklarga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Ashurmatov shogirdlari 2023 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
25/11/2022 17:12
Жасур жалолиддинов у'зича Локомотив кучлик каманда деб у'тган йили Андижондан сурворган эди Жаъсур хор бу'лдинг про лигага хуш келибсан