Tuxel Londonga qaytishi mumkin

  • 20 fevral, 2024, 23:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya"ni tark etishi kutilayotgan Tomas Tuxel Londonga qaytishi mumkin. 

Tecno

"Talk Sport" nashri xabar berishicha, "Vest Xem" Devid Moyesning o‘rniga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Variantlar orasida Tuxel ham bor. Ammo hali hech qanday muzokaralar boshlangani yo‘q. 

Myunxen klubi germaniyalik mutaxassisni iste’foga chiqarishga shoshilmayapti. Uning mavsum so‘nggiga qadar ham jamoada qolishi mumkin, lekin natijalar yaxshilanmasa, jarayon tezlashadi. 

Tuxelga London begona emas. U 2021 yilda "Chelsi" bilan Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi. 2022 yilda esa yangi rahbariyat uni o‘z lavozimidan ozod qilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!