
U kasalxonadan chiqdi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning onasi Mariya Doloresh Aveyru kasalxonadan chiqdi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shifokorlar insultni boshdan kechirgan 65 yoshli ayolga uyga ketishga ruhsat berishgan.
Ayni damda Ronaldu onasi bilan birga o‘zi tug‘ilib o‘sgan Portugaliyaning Madeyre orolida istiqomat qilmoqda. Krishtianu ham Italiyadagi koronavirus bilan bog‘liq jiddiy holat bois u erga qaytishni rejalashtirmayapti.
Fikrlar