U klubga kerakmi?!

  • 6 aprel, 2021, 19:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evro futbol haqidagi xabarlarni o‘qir ekanmiz, Usmon Dembele haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga to‘qnash kelamiz. Frantsuzga hozir «Manchester Yunayted», «Yuventus», «Liverpul» va «Inter» jamoalari qiziqib qolgan. Xo‘sh, Usmonning transferidan kim ko‘proq naf ko‘radi? «Barselona» uni olib qolishi kerakmi yoki sotib yuborishi? Bugun shu haqida batafsil fikr yuritamiz.

Ijobiy tomonlari

lpukщlpщukllpuklp

  1. Kuman davrida o‘yini o‘sdi. O‘tgan mavsumda Dembele jarohatlar sababli deyarli maydonga ham tushmagan edi. Joriy mavsumda esa, allaqachon 9 gol kiritishga ulgurdi. «Yuventus»ga qarshi mehmondagi o‘yinda ham gol urgan futbolchi tez orada klubning asosiy vingeriga aylanadi. Agar Grizmann va Koutino sotib yuborilsa, Dembele uchun o‘yin amaliyoti kafolatlanadi. Sekin-astalik bilan Usmon avvalgi darajasiga chiqib borishi turgan gap.
  2. Dembele hali yosh. Omadsizliklarga qaramay, amaldagi JCh g‘olibini bunchalik erta safdan chiqarib qo‘yish noo‘rin. Sababi, u endigina 24 yoshga qadam qo‘ydi. Futbolchi o‘zining pik formasiga 27-29 yoshida chiqishini inobatga olsak, Dembele hali yana kamida 5 yil super darajada harakat qilishi mumkin.
  3. Tezlik, texnika va zarba. Ikki oyoqda ham birdek to‘p surishga qodir futbolchi har qanday qarshi hujumga moslashgan jamoaga qo‘l kelishi mumkin. Boz ustiga, tezlik va texnika borasida ham Dembeleda muammo yo‘q. Istalgan raqibini bir o‘yinda kamida besh bor aldab o‘tishga qodir qahramonimizdan to‘g‘ri foydalana oladigan murabbiy zarur. Vertikal hujumlarda Usmon chinakam qurolga aylanishi aniq. To‘g‘ri, kontsentratsiya borasida hali ishlash kerak, ammo iqtidor bor ekanligini hech kim rad eta olmaydi.
  4. Laporta unga ishonishi shart. «Barselona»da hozir boshqa variant ham yo‘q. Neymarning o‘rniga sotib olingan futbolchining omadsizligida to‘liq Usmonni ayblash noo‘rin. O‘z vaqtida, Neymarni jamoaga jalb etishda Luis Enrikening topqirligi qo‘l kelgan. Tan olish lozim, «Barselona»da Usmon Dembelening iqtidorini sayqallashga qodir top murabbiy ishlagani yo‘q. Barcha kelganlar Messining atrofida jamoa tuzishga urindi.

Salbiy tomonlari

kgorekgoekrohe

  1. 200 millionga tushgan transfer. Usmon uchun «Barselona» 135 million evro to‘laganiga qaramay, turli bonuslar sababli, bu summa ancha kattalashib ketdi. Vinger 4 mavsumdan beri Kataloniya klubi sharafini himoya qilmoqda. U olgan maoshlarni qo‘shib hisoblasak, «Barsa» Dembele uchun 200 million evro sarflab qo‘ydi. Bu summa o‘zini oqladimi? Albatta, yo‘q!
  2. Homiylar e’tibori. E’tiborlisi shundaki, Usmon media odami emas. U «Barselona»da ham, Frantsiya terma jamoasida ham asosiy yulduz emas. Termada Ngolo Kante, Antuan Grizmann, Pol Pogba, Ugo Loris va hatto Kingsli Komanning ham personal muxlislari soni unikidan ko‘ra ko‘proq. Tengdoshlari orasida Dembele Kilian Mbappedan ancha ortda qolib ketdi. Uning ijtimoiy tarmoqlaridagi obunachilarining soni juda kam. Shu bois, birorta reklama kompaniyasi uni o‘zi bilan hamkorlik qilayotgan klubga olib kelish borasida ish olib bermayapti.
  3. Doimo jarohat. Kataloniya klubi safida Usmon allaqachon 10 jarohat orttirib olishga ulgurdi. O‘tgan mavsumda u deyarli maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. Atigi 5 o‘yinda to‘p surdi xolos. Dortmund klubi safida o‘zining ilk mavsumlarini yosh bo‘lgani uchun zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan bo‘lsa, Kataloniyada jarohatlar Dembeleni o‘yinni teleekran orqali tomosha qilishga majbur qildi. Achinarlisi shundaki, qahramonimizning jarohati surunkali. Bir necha oydan so‘ng, u yana qaytalab qolishi mumkin. Istalgan paytda safdan chiqishi mumkin bo‘lgan hujumchi bilan birorta grand shartnoma imzolamasligi aniq.
  4. Transfer summasi tushib ketdi. CIES Football Observatory nashrining hisob-kitoblariga qaraganda, Dembelening transfer summasi hozirda 20-30 million evro atrofida baholanmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, «Barsa» Usman uchun 5 barobar ko‘proq pul to‘lagan. Bundesliga o‘yinlariga shiddat bilan kirib kelgan yigitcha uchun Bartomeu nima sababdan 135 million sarflagani tushunarsiz.Agar transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, Dembelening transfer summasi bir necha barobar tushib ketganini ko‘rishimiz mumkin.
  1. Muhim o‘yinlarda ko‘rinmay qoladi. Dembele so‘nggi mavsumlarda qaysi muhim o‘yinda gol kiritdi? «Betis» yoki «Real Sosedad»ni inobatga olmasa, aytarli birorta muhim o‘yinda Dembele nomi tabloda ko‘rinish bergani yo‘q. Usmon asosan raqib tor-mor keltirilgan o‘yinda gol kiritadi xolos. PSJ bilan o‘yinda Usman o‘yin qahramoni bo‘lishi mumkin edi, ammo so‘nggi zarba omadsiz chiqdi. Parijdagi o‘yinda esa, aniq uzatmalari soni 35 foizni tashkil etdi.
  2. Janjalkash va tartibsiz. Ispan nashrlarida Dembelening ishlari bilan oila a’zolari shug‘ullanishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Dembeleni oldiga ulkan maqsadlar qo‘ymaslikda ayblash mumkin. Qahramonimiz orzusidagi jamoa bilan shartnoma imzolagan bo‘lsada, oddiygina kun tartibiga rioya qilishni uddalay olmayapti. Videoo‘yinlar sababli mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgach, u haqidagi turli memlar paydo bo‘lishni boshladi. Bora-bora bunga barcha ko‘nikib ham qoldi. Uni to‘g‘ri yo‘lga solish maqsadida Pike va Messi kichik majlislar o‘tkazgan bo‘lsada, Usmon o‘nglangani yo‘q.

Dembele super yulduzga aylanadimi?

lщyvplщvylщplyvp

To‘g‘risi, bunga ishonish mushkul. Kuman kelgach, Dembelening o‘yinida o‘sish kuzatildi, ammo bu juda kam. Ronaldu va Messi 34-36 yoshida EChLda 5-6 gol kiritayotgan bir paytda, 24 yoshli Usman nima bilan maqtana oladi? Keling, u singari 1997 yilda tug‘ilgan futbolchilarga e’tibor qaratamiz. Markus Reshford, Gabriel Jezus, Donni Van De Bek, Yuri Tilemans, Vlashich, Emro Mor, Brilya Embolo va Renatu Sanchesh…

Ushbu yigitlarning aksariyati o‘z darajasida to‘p surishni uddalay olmayapti. Usman ham o‘zidan kutilayotgan ishonchli futbolni namoyish etmayapti. 2022 yildan erkin agentga aylanuvchi futbolchi bilan «Barselona» shartnomani uzaytirmasligi mumkin. Ansu Fati safga qaytsa, Messi hujumda Dembelesiz ham bemalol to‘p surishga tayyor. Usmon 24 yoshida o‘z jamoasiga ham keraksizga aylanib qolishi mumkin. Qahramonimiz o‘zini qo‘lga olishi shart. Katta ehtimol bilan, kelasi mavsum uning uchun hal qiluvchi bo‘ladi. Kataloniyada qolishga loyiq ekanligini isbotlashi lozim. Boshqachasiga, futbol uni unutib yuboradi. Bunga qadar, bu sport undanda kuchli futbolchilarni unutib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!