U yangi mavsumni APL klubida boshlashi mumkin

  • 20 mart, 2020, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Atletiko" Madrid vingeri Toma Lemarning xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” allaqachon 24 yoshli frantsiyalik futbolchining vakillari bilan bog‘lanishgan. O‘z navbatida Lemar ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Uning fikricha “Atletiko”ning o‘yin uslubi unikiga mos kelmaydi.

Aytish lozimki, Lemarning ayni damdagi transfer narxi 30 mln evroga baholanmoqda. “Atletiko” esa uning uchun 2017 yilda 70 mln evro sarflagan edi.

Toma Lemar bu mavsum hozircha 24 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!