UEFA klublar reytingini yangiladi
UEFA rasmiy saytida payshanba kuni ertalab klublar reytingi yangilandi. Ushbu reyting asosida jamoalarning 2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab so‘nggi besh yil davomida to‘plagan ballari hisoblanadi. 2025/2026-yilgi mavsum uchun ballar ko‘rsatilgan so‘nggi ustunda barcha grand jamoalar hozircha nolga teng, chunki ular hali evrokuboklarda qatnashmagan.
Shunday qilib, reytingning birinchi pog‘onasidan "Real" (117.500 ball) joy oldi. Ikkinchi o‘rin "Bavariya"ga (108.250 ball). Kuchli uchlikni "Inter" (107.250 ball) yakunlab berdi.
Kuchli o‘nlikdan keyingi o‘rinlarni "Manchester Siti" (102,750), "Liverpul" (101,500), PSJ (94,500), "Bayer" (85,250), "Borussiya" (84,750), "Barselona" (83,250) va "Roma" (80,500) egallagan.
Fikrlar