
UEFA nega Chempionlar ligasi formatini o‘zgartirdi?
"Arsenal" va "Zenit" klublarining sobiq hujumchisi Andrey Arshavin UEFA Chempionlar ligasining yangilangan formati haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu Chempionlar ligasida ko‘proq o‘yinlar bo‘lishi, jamoalar ko‘proq pul ishlab olishi uchun qilingan. UEFA boshqacha harakat qila olmasdi. Ular boy klublarni xursand qilish uchun hamma narsa qilishi kerak", - dedi rossiyalik futbol yulduzi Sport-Ekspress nashriga bergan intervyusida.
UEFA joriy mavsumdan boshlab Chempionlar ligasi formatiga o‘zgartirishlar kiritdi. Unga ko‘ra, guruh bosqichida 32 ta emas, 36 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqa guruhlarga bo‘linish o‘rniga, yagona turnir jadvali asosida o‘tkaziladi. Yakunda ushbu jadval natijalariga ko‘ra pley-off juftliklari shakllantiriladi.
Fikrlar