"UFC 249". To‘rtta jang o‘z nihoyasiga etdi
AQShning Florida shtati Jeksonvill shahrida bo‘lib o‘tayotgan "UFC 249" turnirining dastlabki 4 ta jangi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani ochib bergan jangda Rayan Spenn va Sem Alvi qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Spenn kichik ustunlikka ega bo‘ldi va hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi (29-28, 29-28, 28-29).
Brays Mitchell hamda Charlz Rosa o‘zaro to‘qnash kelgan jangda hakamlar bir ovozdan Michellning g‘alabasiga qaror qabul qilishdi (30-25, 30-25, 30-24).
Uchinchi jangda Visente Lukega Niko Prays raqiblik qildi va Luke uchinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Navbatdagi jang esa ayollar or’tasida kechdi. Unga ko‘ra, Karla Esparsa va Mishel Uoterson qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lindi va to‘liq davom etgan jangda Esparsa g‘alaba qozondi (30-27, 27-30, 29-28).
Saytimiz ijodkorlari "UFC 249" turnirining matnli translyatsiyani yoritib borishmoqda.

Fikrlar