"UFC 257": Matnli translyatsiya

  • 24 yanvar, 2021, 04:59
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Shuning bilan, "UFC 257" matnli translyatsiyasini yakunlaymiz. Uni sizlarga Abdulvosid Valixonov taqdim etdi. 

Tecno

10:38: VAAAAAUUUUUU!!! Dastin Pore Konor MakGregorni nokautga uchratdi. U o‘z darajasini ko‘rsatib qo‘ydi. 

 

10:34: Birinchi raundni Konor o‘z foydasiga hal qildi, desak bo‘ladi. Pore teykdaun amalga oshirdi. Ammo Konor chiqib ketdi. MakGregor elkalari bilan bir qator zarbalar yo‘lladi. 

10:24: Navbatda asosiy jang: Konor - Pore!

10:17: ChEEENNNNDDLEEERRRRR!!! "Bellator" sobiq chempioni Xukerni nokautga uchratdi. Super zarbalar seriyasi!

9:50: Navbat ko-meyn-iventga: Chendler - Xuker bahsi birozdan so‘ng boshlanadi. Jangchilar oktagonga chiqib kelmoqda. 

9:47: Joan Kaldervud hakamlarning yakdil qarori evaziga g‘olib deb topildi. 

9:38: Ikkinchi raundda Kaldervud faollik namoyish etdi. Turli tipdagi oyoq zarbalari bilan Jessikani "siylab" turdi. 

9:32: Birinchi raundda deyarli teng jang ko‘rdik. 

9:21: Endigi navbat Joan Kaldervud va Jessika Ay bellashuviga. 

Nokaut videosini tomosha qiling:

9:10: G‘alabaaaaaaaaaa!!! Mahmud Muradov Endryu Sanchesni texnik nokautga uchratdi. Qoyil, Mahmud. 

9:05: Endrbyu Sanches ikkinchi raundni faol o‘tkazdi. Raund so‘ngida Muradovda bir nechta xavfli zarbalar bo‘ldi. 

8:58: Birinchi raundni Mahmud o‘z hisobiga yozib qo‘ydi deyishga to‘la haqqimiz bor. Xay-kiklar yaxshi chiqyapti. Masofa o‘z o‘rnida yaxshi ushlanmoqda. 

8:49: Endigi navbat Mahmud Muradov jangiga. Hamyurtimizning raqibi amerikalik Endryu Sanches. Omad, Mahmud. 

08:34: Vaaauuuu! Marina Rodriges ikkinchi raundning dastlabki soniyalaridanoq kuchli zarbalar bilan Ribasni muvozanatdan chiqardi. Juda chiroyli nokaut!

08:32: Ribas birinchi raundda, kutilganidek, ustunlikka ega bo‘ldi. Rodriges o‘z imkoniyatlarini kutishga majbur bo‘lyapti. 

08:21: Asosiy kard start olmoqda. Dastlab ayollar o‘rtasidagi bahs. Amanda Ribas Marina Rodrigesga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

8:00: Kutilganidek, Arman Tsarukyan hakamlar tomonidan g‘olib, deb topildi. 

07:54: Ikkinchi raundni Tsarukyan nazorat qildi. Frevola faollikni oshirmasa, mag‘lubiyatga uchrab qolishi mumkin. 

07:49: Dastlabki raundni jangchilar ancha yuqori tempda o‘tkazdi. Ustunlikni hech bir taraf yaqqol qo‘lga kiritmadi. 

07:44: Arman Tsarukyan va Mett Frevola navbatdagi juftlik. So‘nggi tayyorgarlik jarayonlari o‘talmoqda. 

07:34: To‘liq davom etgan bahsda Bred Tavares haqli ravishda g‘alaba qozondi. 

07:28: Tavares ikkinchi raundda to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi. Zarbalardagi aniqlik va kuch ancha yaxshi darajada edi. Antonio Junior Karlos bir necha marotaba muvozanatni yo‘qotishgacha etib bordi. 

07:20: Birinchi raundda birmuncha teng jang ko‘rdik. 

07:13: Endigi jang Bred Tavares va Antonio Junior Karlos o‘rtasida kechadi. Ular oktagonda!

07:04: Julianna Penya so‘nggi raundda raqibining sustlashganidan unumli foydalanib, bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozondi. 

06:55: MakManning o‘zi teykdaunlaridan charchoq seza boshladi. Penya tinimsiz zarbalar yo‘llamoqda. Agar uchinchi raundda barchasi o‘z o‘rnida bo‘lsa, Julianna g‘alabani qo‘lga kiritsa kerak. 

06:49: MakMann teykdaunlarga harakat qilmoqda. Penya tajribasi evaziga sabmishendan qutulib qoldi. 

06:43: Navbatdagi jang ayollar o‘rtasida kechadi: Julianna Penya Sara MakMannga qarshi bahs olib boradi. Ular tayyor. Boshladik!

EsdeCs6XcAIYg7b_1

06:33: Hakamlarning yakdil qarori evaziga Marchin Prachnio g‘alabasi e’lon qilindi. U Rauntridan ko‘ra, kuchsizroq zarbalar yo‘llagandi. Faollik evazigagina u g‘alabani ilib ketdi. 

06:24: Ikkinchi raundda polshalik sportchi ancha qiyin holatda qolib ketdi. Deyarli nokdaun! Rauntri oxirigacha borishi kerak edi. Uchinchi raundni kutamiz. 

06:18: Birinchi raund ancha faol o‘tdi. Jangchilar bir-birlarini o‘rganib chiqib ulgurgan. 

06:10: Birinchi jangda Marchin Prachnio Xalil Rauntriga qarshi bahs olib boradi. Jangchilar oktagonga chiqib keldi. Yakuniy tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. 

"Gorilla rejimi yoqildi!"

 
 
 
 
 
View this post on Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Conor McGregor Official (@thenotoriousmma)

MakGregor janglaridan eng chiroyli lavhalar:

Konor MakGregorning so‘nggi jangi esa yodingizdan chiqib ulgurmagan bo‘lsa kerak. Donald Serronega qarshi kechgan bahsni irlandiyalik jangchi 40 soniyada yakunlab qo‘ygandi.

Dastin Pore so‘nggi jangini "Bellator"ning sobiq chempioni Den Xukerga qarshi o‘tkazgan. 5 raund to‘liq davom etgan jang yakunlariga ko‘ra, hakamlar Porening g‘alabasini e’tirof etgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu to‘qnashuv yilning eng yaxshi 3 jangi orasidan o‘rin oldi. Bahsdan so‘ng, har ikkala sportchi ham kasalxonaga yo‘l olishga majbur bo‘lgandi. 

"Face to face" marosimi paytida meyn-ivent jangchilari o‘zlariga bo‘lgan yuksak ishonchlarini namoyish etdi. 

rue92f0ad896e

Assalomu alaykum, aziz UFC ixlosmandlari! Bugun barchamiz sabrsizlik bilan kutgan "UFC 257" turniri bo‘lib o‘tadi. Siz bilan Abdulvosid Valixonov kechani matnli translyatsiya uslubida kuzatib boradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!