
UFC ayollar reytingini ajratib tashladi
Mashxur jurnalist Bruno Massamining xabar berishicha, UFCning "pound-four-pound" (vazn toifalaridan qat’iy nazar) reytingida o‘zgarishlar ro‘y berdi.
"Sizlar uchun menda yaxshi yangilik bor. Nihoyat, UFC P4P reytingini ajratdi. Endi bizda P4Pning erkaklar uchun alohida va ayollar uchun alohida reytingi bo‘ladi," - deb yozdi Massami.
Eslatib o‘tamiz, P4P reytingida ayollardan faqatgina 2 ta jangchi Amanda Nunes (5-o‘rin) va Valentina Shevchenko (12-o‘rin) joy egallagan edi.
Fikrlar