UFC va qolgan barcha ligalar dopingdan foydalanadimi?

  • 16.08.2024 12:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

ASA ligasi prezidenti Mayrbek Xasiev, UFC va qolgan barcha ligalar doppingdan foydalanishini malum qildi.

- Bizni ligamizda doping nazorati umuman yo‘q, men ASA ligasini rahbari ekanman doping nazorati bo‘lmaydi. Chunki men doping nazorati qanday ishlashini 100% bilaman. Doping nazorati barcha joyda soxta. Hamma dopingdan foydalanadi. Faqat kimdir buni yaxshi berkita oladi, kimdir esa yo‘q. Men UFC va Bellatordagi barcha vaziyatlarni o‘rganib chiqganman, boshqa ligalarda ham doping bor.
Bu biznes! Barcha dopingni nazorat qiladigan va doping ishlab chiqaradigan kompaniyalar birga ishlashadi, bu biznes. Bu kompaniya rahbarlarini birortasi bundan voz kechmaydi, chunki judayam katta pullar aylanadi. Shuning uchun bu mavzuni yoping. Bu foydasiz. Bunday tizimning o‘zi yo‘q.

Biz ASA ligasiga doping nazoratini kiritmoqchi bo‘lganimizda, menga xar qanday spravka tayyorlab berishni taklif qilishgan, doping bor, yoki yo‘q degan. Bu bilan siz nimanidir  tushungandirsiz? Shundan keyin men doping nazoratidan voz kechdim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!