
UFCning yangi reytingida peshqadam o‘zgardi
UFCda jangchilarning yangi reytingi ma’lum qilindi.
Daniel Korme Stipe Miochichga yutqazib qo‘yganidan so‘ng, yarimo‘gir vazn toifasi chempioni Jon Jons reyting peshqadamiga aylandi. Rossiyalik Xabib Nurmagomedov o‘ziga tegishli bo‘lgan ikkinchi pog‘onani saqlab qoldi. Uchinchi o‘ringa esa UFCning ikki karra chempioni Genri Sexudo ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun, UFC 241 turniridan so‘ng reyting yangilandi. Ushbu turnirning asosiy jangida Daniel Korme nokautga uchradi va reytingda peshqadamlikni boy berdi.
Vazn toifasidan qat’iy nazar UFC reytingi:
1. Jon Jons
2. Xabib Nurmagomedov
3. Genri Sexudo
4. Stipe Miochich
5. Amanda Nunes
6. Maks Xollouey
7. Daniel Korme
8. Dastin Pore
9. Kamaru Usman
10. Toni Fergyuson
Fikrlar