Umar Marmush yangi klub bilan kelishuvga erishdi
Londonning «Tottenxem Hotspur» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Umar Marmush bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Hozircha ikki jamoa oʻrtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ular yaqin vaqt ichida yakuniga yetishi kutilmoqda. Bu haqida jurnalist Florian Plettenberg oʻzining X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.
Oʻtgan mavsumda Umar Marmush «Manchester Siti» safida barcha musobaqalar doirasida 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi «shaharliklar» bilan 2029 yil 30 iyunigacha moʻljallangan.
Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Marmushning transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar