
Umarni uchta “top-klub” chaqiryapti
Bundesligada to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan misrlik hujumchi Umar Marmush “Ayntraxt”da uzoq qolmaydigan ko‘rinadi.
25 yoshli futbolchini Angliya Premer-ligasining uchta grand klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Umarga “Arsenal”, “Chelsi” va “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar ko‘p tarqatila boshladi.
Umar Marmush Bundesliga o‘yinlarida ko‘p gol ura olish qobiliyati va oldingi chiziqda universalligi bilan e’tibor qozondi.
“Arsenal” afrikalik hujumchini braziliyalik Gabriel Jezusga raqobatchi, “Chelsi” esa Nikolas Jekson va Koul Palmerga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi.
“Liverpul” xo‘jayinlari Umar Marmush yaqin kelajakda o‘z hamyurti Muhammad Salohning o‘rnini egallashini kutyapti.
Fikrlar