
Uning "Roma"ga ta’siri katta
"La Repubblica" nashri xabariga ko‘ra, "Roma"ning bu mavsumdagi uy o‘yinlari uchun talab yuqori darajada.
Manbaning ma’lum qilishicha, Rim klubida koronavirus cheklovlariga qaramay, uy o‘yinlarida chiptalarning o‘rtacha 97,3 foizi sotilmoqda.
Muxlislarning "bo‘rilar"ga bo‘lgan e’tibori oshishiga asosiy sababchi sifatida bosh murabbiy Joze Mourino aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis boshchiligidagi jamoa ayni damda A Seriya turnir jadvalida 15 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar