
"Ural" - "Rostov" 2:2 (video)
Bugun Rossiya Premer-ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Ural" hamda "Rostov" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Ekaterinburg Arena"da kechgan uchrashuv jangovar durang natida bilan poyoniga etdi - 2:2. 14-daqiqada Andrey Panyukov hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 67-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov muvozanatni tiklashga erishdi.
81-daqiqada Vladimir Ilin yana "Ural"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib Borm Sigurdsson "Rostov"ni mag‘lubiyatdan saqlab qolgan golni kiritdi. Shu tariqa, Valeriy Karpin shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 8 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 2-o‘rinini saqlab qoldi. Shomurodov esa 3 ta gol bilan to‘purarlar bahsida etakchilikni qo‘lga oldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar