Usik kutilmagan qaror qabul qildi!

  • 6 iyun, 2024, 15:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik(22-0, 14 KO) Tayson Fyuri(34-1-1, 24 KO) bilan 21 dekabrga belgilangan revansh jangidan so‘ng birinchi og‘ir vazn toifasiga qaytishi mumkinligini aytdi.

Tecno

"O‘ylaymanki, revansh jangidan keyin vaznimni birinchi og‘ir vaznga tushiraman. Chunki shu vazn toifasida birmuncha yakunlanmagan ishlar bor, - dedi Usik "Knockdown Rule" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Usik Butunjahon boks superseriyasida g‘alaba qozonib, birinchi og‘ir vaznda barcha kamarlarni to‘plagan edi.

Ayni damda esa u super og‘ir vazn toifasi mutlaq chempioni hisoblanadi va u ushbu maqomga WBC kamari sohibi Tayson Fyurini mag‘lub etgan holda erishgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!