
Usiklar oilasida yangilik !!!
Boks bo‘yicha WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Aleksandr Usik to‘rtinchi marta ota bo‘ldi. 28 yanvar kuni Kievda vazni 4,75 kg, bo‘yi 53 sm bo‘lgan qizaloq dunyoga keldi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Mariya ism qo‘yilgan.
“Tabriklaringiz uchun katta rahmat. Juda xursandman. Men barchaga tinchlik va ko‘pgina farzandlar tilayman. Men yana bir bor o‘z vatanim, xalqim va shifokorlarimiz bilan faxrlanaman”, — deb yozdi bokschining rafiqasi Ekaterina Usik Instagram da.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr va Ekaterinaning Elizaveta ismli qizi, Kirill va Mixail ismli o‘g‘illari ham bor.
Fikrlar