"Сити" va "Barsa" braziliyalik himoyachini talashib qoldi
Ispaniyaning «Betis» jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik himoyachi Natan yaqin vaqt ichida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, yosh himoyachiga ikki katta klub jiddiy qiziqish bildirmoqda. Natanni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida bo‘lgan jamoalar orasida «Manchester Siti» va «Barselona» nomi tilga olinmoqda.
Nataning «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda.
Braziliyalik futbolchi Ispaniya klubiga «Napoli» tarkibidan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar