
Vadim Evseev O‘runovning "siri"ni ochdi
“Ufa” bosh murabbiyi Vadim Evseev futbol jamoatchiligi e’tibori markazida turgan Oston O‘runov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- U o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini keldi va shug‘ullana boshladi. Dastlabki yig‘inda meni qoyil qoldirdi, deya olmayman. Ikkinchi yig‘inda ko‘proq o‘yin o‘tkazdik va u o‘shanda nimalarga qodir ekanini ko‘rsatdi.
O‘runov yuqori klassdagi futbolchi va shuning uchun kelishi bilan asosiy tarkibdan joy oldi. U kuchli futbolchilarni raqobatda ortda qoldirdi. Uning jismoniy quvvati, texnikasi va o‘ziga xos driblingini alohida qayd etish lozim. O‘runov harakatchanligi evaziga yutadi, muvaffaqiyatining siri shunda.
Uning pas berishdagi kamchiligi haqida gapirishmoqda. Men bunga qo‘shilmayman. Ostonda hal qiluvchi pasni amalga oshirish ko‘nikmasi bor va kuchli, aniq zarba bera oladi. Kamchiligi bo‘lsa, uni yo‘qotish biz – murabbiylarning vazifasi. Unga nega bunchalar ko‘p qiziqish bo‘layotganini tushuntirib berolmayman. Men oldin uni ko‘rmaganman va tanimas edim. Ostonni Gazizov olib kelgan, - dedi Vadim Evseev.
Fikrlar