Vashek Pospishil Budapeshtda qancha ishlab oldi?

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilgan “Chellenjer” turnirida kanadalik tennischi Vashek Pospishil bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

U musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Nikola Kyunga qarshi kortga chiqdi va 7:6, 3:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Pospishil uchun mazkur sovrin 9.200 Evro pul mukofoti va 80 reyting ochkosini olib keldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!