Venger: Bu mavsum chempionlikka 6-7 jamoa kurashadi

  • 12 avgust, 2017, 06:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-Ligasi 1-turidan o‘rin olgan “Arsenal” – “Lester”(4:3) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi – Arsen Venger uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildiirib o‘tdi.

Tecno

“Biz xarakter namoyish etib, oxirigacha kurashdik. Bugun o‘tkazib yuborilgan gollarimizni bartaraf etish mumkin edi. Bu borada qiladigan ishlarimi bor.

Men Jiruni ham inson, ham futbolchi sifatida yaxshi ko‘raman. Fanstastik yigit. Bir safar men unga jamoadan ketishi mumkinligini aytgan edim, boisi, hujumchilarimiz soni ko‘payib ketgan edi. U ketishni istamadi. Bizni oldidan ko‘p o‘yinlar kutib turibdi va har bir hujumchiga imkoniyat berishga umid qilaman.

Bu yil ham chempionlik uchun 6-7 jamoa kurash olib boradi. Har bir yo‘qotilingan ochko, juda qimmatga tushadi”, – deb aytib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!