
Viktor Osimxen “Napoli”ni sudga bermoqchi
“Napoli” to‘purari Viktor Osimxen “Bolonya” bilan bo‘lgan o‘yinda 11 metrlik belgidan gol ura olmagani aks etgan kulgili rolikni juda og‘ir qabul qildi.
Klub rahbariyatiga norozilik bildirgan nigeriyalik futbolchi o‘zini haqoratlangan hisoblayapti. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Osimxen bu rolik o‘zining imidjiga salbiy ta’sir qilgani uchun klubni sudga berishga qaror qildi.
Nigeriyalik futbolchisining agenti Roberto Kalenda bu holatga izoh berdi.
- “Napoli”ning ijtimoiy tarmoqlarida yuz bergan holatni qabul qilib bo‘lmaydi. Viktorning ustidan kulingan viderolik avvaliga omma e’tiboriga havola etildi, keyin kechikib, olib tashlandi. Viktorning sha’nini himoya qilish uchun biz sudga murojaat qilamiz va boshqa chora-tadbirlarni ham ishga solamiz, - dedi Roberto Kalenda.
Fikrlar