
Vinisius jamoadoshini eng yaxshi to‘purar qilmoqchi!
“Real Madrid” etakchisi Vinisius Junior Rodrigo bilan birgalikda Kilian Mbappeni eng yaxshi to‘purar qilmoqchi ekanligini bildirdi.
“Men bilan Rodrigo Mbappeni barcha musobaqalarda eng yaxshi to‘purarga aylantirish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz. Kilian bu erga eng yaxshisi bo‘lish uchun tashrif buyurdi. Biz esa unga faqatgina yordam berishimiz kerak xolos.
Shuni ham ta’kidlash kerak, har doim ham moslashish juda qiyin. Biroq, u juda yaxshi moslashishga muvaffaq bo‘ldi. Hattoki, moslashayotib ko‘plab gollar urishga ham ulgurdi. Bu esa uning eng yaxshi futbolchiligidan dalolatdir” – deya ta’rif berib o‘tdi, braziliyalik yulduz.
Ma’lumot o‘rnida, Vinisius, Rodrigo va Mbappe bu mavsum birgalikda 46 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qilishdi.
Fikrlar