Vinisius Junior "Real"dan ketadimi? "Liverpul" braziliyalik yulduz uchun harakat boshladi
"El-klasiko"dagi Vinisius Juniorning keskin reaktsiyasi yana bir bor uning kelajagi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirdi. "TeamTalk" va "The Athletic"nashrlari xabar berishicha, braziliyalik vinger "Barselona"ga qarshi (2:1) o‘yinning 72-daqiqasida almashtirilgandan keyin g‘azab bilan: "Men ketaman, yaxshisi keta qolaman!" degan. Bu holat "Real" rahbariyatini noqulay ahvolga solgan.
Manbalarga ko‘ra, Vinisius Xabi Alonso bilan ishlashdan mamnun emas va bu mavsumda etarlicha o‘yin amaliyoti olmayotganidan norozi. "Real Madrid" unga yiliga 20 million evro maosh taklif etmoqda, biroq futbolchi 30 million evro so‘ramoqda.
Shu orada "Liverpul" uning vaziyatini diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Angliya grandi hujumchini Muhammad Salohning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Agar transfer amalga oshsa, Vini Arne Slot jamoasining hujum chizig‘iga yangi nafas olib kirishi mumkin.
Qirollik klubi uchun esa bu vaziyat jiddiy sinovga aylanmoqda. Kilian Mbappening kelishi fonida jamoa ichidagi raqobat kuchaygan. Agar braziliyalikning shartlari bajarilmasa, u 2026-yil yozida Madridni tark etishi ehtimoldan xoli emas.



Fikrlar