Vinisius: Men Ronalduning izidan boraman

  • 31 yanvar, 22:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Vinisius Junior o‘z kelajagi haqida bayonot berdi. Braziliyalik futbolchi muntazam ravishda Saudiya Arabistoni ligasiga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Tecno

"Umid qilamanki, men "Real"da yana ko‘p yillar qolishim mumkin. Ronaldo (R9) mening kumirlarimdan biri. U menga ko‘plab maslahatlar berdi, jumladan, gol urish mahoratini yaxshilash borasida. Krishtianu Ronaldu ham mening kumirim. Uning "Real"dagi gollari o‘yinlaridan ham ko‘p! Umid qilamanki, men ham ularning izidan boraman", — dedi Vinisius "qirollik klubi" klub telekanaliga.  

Shanba, 1-fevral kuni "Real" Ispaniya chempionati doirasida mehmonda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!