Vinisius "Real"da qoladi, klub uni "Arsenal"ga sotmaydi
Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Zhunior yozgi transfer oynasi yakunlangach ham klubni tark etmaydi. «Qirollik klubi» 26 yoshli vingerni sotish niyatida emas va uning 2027 yil yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lishiga ishonmoqda. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» Vinisiusni jamoada saqlab qolishiga ishonch bilan qaramoqda, garchi unga «Arsenal» tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lsa-da. Shu hafta madridliklar va futbolchi vakillari o‘rtasida uning kelajagiga oid navbatdagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, ispan grandi bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik vinger o‘yinini yuqori baholaydi va uni jamoada qolishini istaydi.
O‘tgan mavsumda «Real» hujumchisi barcha musobaqalar doirasida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 140 million evroni tashkil etadi.
«Real» Madrid — XX asrning eng yaxshi klubi sanalishining sabablari:

Fikrlar