Vinisius "Real"ga yangi talab qo'ydi

  • 13.07.2026 11:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi bilan shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan Vinisius Zhunior yangi talablarini ilgari surgani haqida xabar berilmoqda.

26 yoshli hujumchining yangi shartnomasi masalasi «Real» rahbariyatida so‘nggi ikki mavsumdan beri tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Sababi, futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vinisius klub bilan yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash niyatida. Biroq tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish hali oson kechmasligi aytilmoqda.

OKDIARIO nashri yozishicha, braziliyalik futbolchi mavsum uchun sof 20 million yevro atrofida maosh olishni kutayotgani aytilmoqda. Agar bu talab qondirilsa, u Kilian Mbappe va Jud Bellingem kabi jamoadoshlari bilan bir qatorda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi. Ammo klub rahbariyati hozircha bunday shartga rozilik berishga shoshilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!