Vinisius sudda ishtirok etdi

  • 19 may, 18:23
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vinisius Junior "Atletiko" muxlislariga qarshi o‘tgan sudda ishtirok etdi.

2023 yilda Ispaniya kubogining 1/4 finali doirasida "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi o‘yin oldidan ko‘priklardan birida "Madrid "Real"dan nafratlanadi" degan banner hamda Vinisius Juniorning raqami tushirilgan "Real" libosidagi osib qo‘yilgan qo‘g‘irchoq paydo bo‘lgandi.

Tecno

Madrid prokuraturasi tartibsizlikda ishtirok etgan "Frente Atletico" guruhi to‘rt a’zosining har biriga 4 yillik qamoq jazosini talab qildi. Bundan tashqari, ulardan futbolchiga etkazilgan ma’naviy zarar uchun 6 ming evro miqdorida tovon puli undirilishi mumkin.

Sudda guvoh sifatida ishtirok etgan Vinisius, bu voqeadan xabar topgach, o‘zini "xafa va haqoratlangan" his qilganini aytdi, sababi unga qarshi uyushtirilgan hurmatsizlik uning teri rangiga qaratilgan edi.

- Bu men uchun juda qayg‘uli kun bo‘ldi. Bundan nima maqsad ko‘zlangani, menga va oilamga xavf tahdid solganini bilmasdim, - dedi "Real" hujumchisi.

"Marca" nashrining xabar berishicha, Vinisiusning ko‘rsatmalari dastlabki dalil sifatida qabul qilingan. Ish bo‘yicha keyingi sud majlisi 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!