Vinisius yana ishkal chiqardi
Ispaniya chempionatining 17-turida “Real” Jud Bellingem va Kilian Mbappening bittadan goli evaziga “Sevilya” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Vinisius Junior bu gal ham gol urolmadi va 83-daqiqada zaxiraga olindi. Fanatlar u maydonni tark etayotgan paytda hushtakbozlik qilishdi.
Vinisius Junior bu gal ham zaxiraga olinishini og‘ir qabul qildi.
Uchrashuvdan keyin braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan “Real” futbolkasini ushlab turgan suratini olib tashlab, profiliga Braziliya milliy jamoasi libosidagi rasmini joyladi.
Shuningdek, Vinisius “Real”ning o‘yinidan kadrni alohida post sifatida joylab, uni uch nuqta bilan ifodaladi.
Ta’kidlash joizki, Vinisius oktyabr oyining birinchi yarmidan beri gol urolmadi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda qatnashib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Xabi Alonso “Real” muxlislarining Vinisius Juniorga hushtakbozlik qilayotganini bu holat ularning haqqi, deya izohladi.



Fikrlar