Vinisiusni “Siti”da kutishyapti

  • 12.05.2026 16:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Real” jamoasi yulduzi Vinisius Juniornı yozgi transfer oynasi davrida sotib olish imkoniyatlarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, agar braziliyalik futbolchi “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lmasa, u yozda katta ehtimol bilan transferga qo‘yiladi.

Chunki madriddliklar 2027 yilning yozida qimmatbaho yulduzni bepul qo‘yib yuborishni istamaydi va imkon qadar bu transferdan mo‘may daromad olishga urinib ko‘radi.

“Shaharliklar” ayni paytda Angliya chempionati va mamlakat kubogida g‘oliblik uchun kurashayotgan bo‘lsa-da, kelasi mavsum uchun ham rejalar tuzmoqda. Klub raqobatbardoshlikni saqlab qolish maqsadida Vinisiusni Madriddan ketishga ko‘ndirish uchun jiddiy qadam tashlashni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Vinisius Junior 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 150 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!